27 jan 14:38
Yangiliklar
FedCup. Tennischilarimiz ham Xitoydagi musobaqaga bormaydigan bo'lishdi
Xalqaro tennis federaciyasi Xitoyda tarqalgan koronavirus sabab musobaqa joyini o'zgartirdi. Unga ko'ra, bahslar Qozog'istonning Nur-Sulton shahrida o'tkaziladigan bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, ushbu bosqichda Xitoy, Xitoy Taypeyi, Hindiston, Indoneziya, Koreya Respublikasi va O'zbekiston terma jamoalari ishtirok etishadi.
Mazkur bosqichda birinchi va ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan terma jamoalar Jahon guruhi pley-off bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi. Beshinchi va oltinchi o'rindagi jamoalar esa ikkinchi mintaqaviy guruhga tushib ketadi.
Qayd etish lozimki, xavfli virus sabab avvalroq Xitoyning Uxan shahrida o'tkaziladigan boks bo'yicha licenzion musobaqa Iordaniyaning Amman shahriga ko'chirilgandi.
Fikrlar