19 iyu 18:20
Yangiliklar
Tennis

Federaciya kubogi: Turkmaniston juftlik bahslarida ham mag'lub etildi
Xotin-qiz tennischilar o'rtasida norasmiy jahon chempionati hisoblangan Fed Cup, yani Federaciya kubogining ikkinchi saralash bosqich bahslari boshlangani haqida xabar qilgandik.
Iroda To'laganova murabbiyligidagi qizlarimiz bungacha ikkita o'yinda turkmanistonlik raqiblarini mag'lubiyatga uchratgandilar.
Juftlik bahslarida Oqgul Omonmurodova va Nigina Abduraimova Bayramova va Muhamedkulieva hamkorligiga qarshi kortga chiqishdi.
Sportchilarimiz ushbu o'yinda qiyinchiliksiz harakat qilishdi va 6:0, 6:2 hisoblarida g'alaba qozonishdi.
SHu tariqa O'zbekiston - Turkmaniston qarama-qarshiligi 3:0 ko'rinishiga keldi.
Qizlarimiz keyingi o'yinni Yangi Zelandiya terma jamoasiga qarshi o'tkazadilar.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar