31 dek 09:08
Yangiliklar
Federer yangi mavsum rejalari bilan o'rtoqlashdi
Tabiiyki, dunyoning uchinchi raketkasi yilning dastlabki “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi turniri - Avstraliya Ochiq chempionatida qatnashadi.
“Australian Open turniridagi ishtirokim bilan yangi mavsumni boshlayman. Keyin Janubiy Afrika Respublikasida tashkil etiladigan ko'rgazmali turnirga boraman. SHundan so'ng Dubay, Indian-Uells, Mayami, Bogota, “Rolan Garros”, Galle, Uimbldon turnirlarida ishtirok etishni maqsad qilganman.
2020 yilgi eng asosiy musobaqam bu Tokio Olimpiadasi bo'ladi. Keyin Cincinnati “Masters”, US Open, Leyver Kubogi, SHanxay va Bazeldagi turnirlarga boraman. Va albatta, Yakuniy turnirda qatnashishni istayman”, - deya Federerning so'zlarini keltirmoqda Tennis World nashri.
Fikrlar