So’nggi yangiliklar

11:04Тони Кроос мураббийлик фаолиятини бошлаши мумкин 0 10:33Бугун ҳам Жаҳон чемпионатида тўрт нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз (Жуфтликлар) 0 10:02Пётр Ян: "Мовсарнинг Волкни мағлуб этиш учун иккита варианти бор" 0 09:31Асу Алмабаевнинг мураббийи UFC камари собиқ даъвогарига қарши жанг учун тайёргарлик режасини ошкор қилди 0 09:02Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор, "Пахтакор" пешқадамга айланиб оладими? 0 19:54Чемпион Сильва Шевченкога навбатга туришни таклиф қилди 0 19:23Арман Царукяннинг рақиби маълум, сана ва манзил ҳам + ПОСТЕР 0 18:52Ғалабалар сари бораётган ёшлар 0 18:21Гвардиола "Манчестер Сити"га қайтмоқда 0 17:50Кроуфордни қийнаган Исроил Мадримов беш йил ўтиб яна Тошкентда жанг қилади. Бу Исроил учун қанчалик аҳамиятли жанг? 0 17:19Сўнгги воқеалар фонида Жермелл Чарло Хайме Мунгияни жангга чорлади 0 16:48Стрикленд UFC’даги адолатсизликка ишора қилиб, боксга ўтиш ҳақида ўйлаётганини айтди 0 16:17"Радник" бош мураббийи: "Шукуровнинг трансфери клубимиз даражаси ўсганини кўрсатади" 0 15:46Хайме Мунгияга Ўзбекистонда жанг ўтказиш таклиф қилинди 0 15:15Пётр Ян қандай ҳолатда ярим енгил вазнда UFC камари учун жанг қилишини айтди 0

23 apr 13:42
Yangiliklar

Ot Sporti

FEI Jumping Children`s Classic Final-2019. Bosh sovrin O'zbekistonda qoldi

Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanida joylashgan “Allyur” ot sporti klubida uch kun davom etgan “FEI Jumping Children`s Classic Final-2019” xalqaro bolalar kubogi yakuniga etdi.

Yirik xalqaro musobaqada sayyoramizning besh qitasidagi 12 davlatdan yig'ilgan eng iqtidorli chavandozlar g'oliblik uchun bahs olib bordi. Musobaqa nufuzi ham juda yuqori, uni bemalol jahon chempionati bilan qiyoslash mumkin.

Negaki “Allyur” ot sporti klubida kechgan qiziqarli bellashuvlarda oddiy sportchilar emas, balki o'z mintaqasida nom qozongan, qaysiki saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan eng iqtidorli chavandozlar ishtirok etdi. 

Musobaqaning so'nggi kunida ishtirokchilar balandligi 1 metru 10 santimetr bo'lgan to'siqlardan sakrash bo'yicha o'zaro bahslashdi. SHunisi etiborliki, ilk urinishda biryo'la 10 (!) nafar yosh chavandoz deyarli bir xil natijani qayd etdi va g'olibni aniqlash uchun yana qayta sakrashiga to'g'ri keldi. 

Ana shu 10ta omadli chavandoz safidan o'zbekistonlik sportchilarning barchasi o'rin olishgani ham tahsinga loyiq.

Ikkinchi urinishda hamyurtimiz Li Sofiya eng past natija ko'rsatgan bo'lsa, yana bir vakilimiz Abdurahmon Abdullaev 5-o'rinni qo'lga kiritdi. Zokir To'rajonov o'zining CHarlz Teron laqabli otida belgilangan masofani atigi 35 soniyada va bexato bosib o'tdi. Bu natija uni musobaqa peshqadamiga aylantirgandi.

Ammo Zokirning quvonchi uzoqqa cho'zilmadi, oradan ko'p o'tmay yana bir vakilimiz Miryoqub Ismoilov Ledi laqabli oti bilan undanda yaxshiroq natija ko'rsatdi. Ko'pchilik “FEI Jumping Children`s Classic Final-2019” musobaqasining oltin va kumush medallari mezbonlarga nasib etishini taxmin qilib turgan bir pallada ikkinchi bosqichning so'nggi vakili rossiyalik Darya Kukushkina Kardinal laqabli tulporida ajoyib chiqishi bilan Miryoqubdan atigi 0,01 soniyaga ortda qolgan holda yakunda ikkala o'zbekistonlik chavandoz orasidan joy oldi.

SHu tariqa “FEI Jumping Children`s Classic Final-2019” musobaqasida hamyurtlarimiz oltin hamda bronza medaliga sazovor bo'ldi. Darya Kukushkina esa o'zining dastlabki xalqaro musobaqasida ajoyib natija qayd etdi. U dastlabki kungi musobaqalarda oltin, shanba kuni esa bronza medalini qo'lga kiritgan edi. Kecha esa uning medallar qollekciyasi kumush bilan boyidi.

Musobaqaning yopilish marosimida g'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal va estalik sovg'alari bilan taqdirlandi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing