So’nggi yangiliklar

19:23Ўзбек клублари ЖЧ-2026 орқали қанча даромад топади? 0 18:49Болаларга қувонч улашган "Tashkent Open Judo Kids Cup IV" ФОТОРЕПОРТАЖ 0 18:18Махачев: "Баъзиларга "Оғайни, машғулот ўрнига бориб ишла" дегинг келади" 0 17:54Дональд Трамп: "Оқ уй яқинидаги UFC аренаси абадий қолиши мумкин" 0 17:28Шакира ва Burna Boy очилиш маросимида ЖЧ-2026 мадҳиясини ижро этади 0 16:53Жон Жонс ва Даниэль Кормье ўртасида трилогия ўтказилади 0 16:25Аниш Гири Синдаровнинг Бибисара билан муносабати тўғрисида ҳазиломуз пост жойлади 0 15:50Дмитрий Бивол P4P рейтингида Топ-10`га қайтди 0 15:14Бельгия терма жамоаси бош мураббийи: "Биз аутсайдермиз" 0 14:44Тожикистонлик UFC жангчиси Рамазон Темиров билан бир кардда октагонга чиқади 0 14:01Жаҳонгир Зокиров Zuffa Boxing'даги илк жангини мағлубиятсиз боксчига қарши ўтказади 0 13:33Камончиларимиз Анталиядаги Жаҳон кубогида иштирок этишади 0 12:54"Манчестер Сити" "Реал"га 90 миллион евро беришга тайёр 0 12:27Makarska Open. Тимофеева икки ғалаба эвазига 1/4 финалга чиқди 0 12:03Ислам Махачев: "Онам ММАдаги фаолиятимни якунлашимни хоҳлаяпти. Ҳаммаси тамом, шекилли" 0

20 apr 11:40
Yangiliklar

Ot Sporti

FEI Jumping Children`s Classic Final-2019. Boshlanishiga ikkita medal!

Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanida joylashgan “Allyur” ot sporti klubida “FEI Jumping Children`s Classic Final-2019” xalqaro bolalar kubogining final bosqichiga start berildi.

Nufuzli musobaqada dunyoning 12ta davlatidan yosh va iqtidorli chavandozlar g'oliblik uchun bahslarga kirishdi.

“FEI Jumping Children`s Classic Final-2019” musobaqasi ot sporti bo'yicha 15 yoshgacha bo'lgan chavandozlar o'rtasidagi eng nufuzli turnirlardan biri sanaladi va bunday yirik sport anjumani Osiyo qitasida hali o'tkazilmagan edi. Xalqaro ot sporti federaciyasi tomonidan ushbu nufuzli musobaqani O'zbekistonga ishonib topshirilishi – bu yurtimizda ot sportiga berilayotgan etiborning yuksak etirofidir.

Kechagi musobaqalarda besh qitadan kelgan 19 nafar chavandoz bahslarga kirishdi. Xalqaro bolalar kubogining ilk kunida ishtirokchilar belgilangan masofani tez va bexato bosib o'tish bo'yicha o'zaro raqobatlashdi. Unda rossiyalik Darya Kukushkina Kardinal laqabli oti bilan eng yaxshi natija qayd etib, 1-o'ringa sazovor bo'ldi.

Quvonarlisi, musobaqaning dastlabki kunida yurtimiz chavandozlari ham sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritishdi. Terma jamoamiz azosi Zokir To'rajonov o'zining CHarlz Teron laqabli oti bilan ikkinchi yaxshi natijani qayd etdi. Yana bir vakilimiz Miryoqub Ismolilov esa Ledi laqabli tulpori bilan 3-o'rinni egalladi.

photo5318950086086076989.jpg

photo5319134550636472949.jpg

photo5319134550636472950.jpg

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing