18 iyu 17:30
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/76947_220.jpg)
Fekir La Liga klubiga o'tishga yaqin
"Lion" forvardi Nabil Fekir "Valensiya"ga o'tishga yaqin.
Futbolchining xizmatlariga "Valensiya" klubi qiziqmoqda. Klub futbolchining transferi uchun 40 million evro ajratishga tayyor.
Fekirning "Lion" bilan munosabatlari yaxshi emas.
Bundan tashqari xavbekka "Betis" va "Sevilya" klublari qiziqayotgan edi.
O'tgan mavsum Fekir “Lion” safida 39 ta o'yin o'tkazib, 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, 25 yoshli futbolchi "Lion" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar