08 jan 19:51
Yangiliklar
Futbol
"Fenerbaxche" Lyovga shartnoma taklif qildi
Istanbulning "Fenerbaxche" klubi Germaniya terma jamoasi sobiq ustozi Yoaxim Lyovga qiziqishda davom etmoqda.
Insayder Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, turk grandi bosslari murabbiy bilan muzokaralarga kirishishdi va unga 2,5 yillik shartnoma taklif qilishdi.
Eslatib o'tamiz, Yoaxim "bundestim"ni 15 yil davomida boshqardi. Lyov Evro-2020dan so'ng milliy jamoani tark etdi.
Nemis mutaxassisi 1998/99 yillarda ham "Fenerbaxche"da ishlagan.
Havola :
Manba : twitter.com/NicoSchira
Fikrlar