22 dek 19:19
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/25282_220.jpg)
"Fenerbaxche" Vitaliy Denisovni o'z safiga qo'shib olmoqchi
O'zbekiston terma jamoasi va Moskvaning "Lokomotiv" klubi himoyachisi Vitaliy Denisov faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishi mumkin.
Turkiyaning fotomac.com.tr nashri bergan xabarga ko'ra, Aykut Kojaman
boshchiligidagi "Fenerbaxche" chap qanot himoya va yarim himoyasini
kuchaytirmoqchi. SHu bois "Lokomotiv"ning 30 yoshli vakiliga qiziqib qolgan.
Turli malumotlarga ko'ra, turklar Denisov uchun 3 million evro to'lashga
tayyorlar. Transfermarkt nashriga ko'ra, Vitaliy Denisovning transfer narxi
5 million evroga teng.
Eslatib o'tamiz, Denisov bu mavsum Rossiya premer-ligasida 20ta turdan 7 marta maydonga tushdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar