11 avg 09:35
Yangiliklar
Tennis
Fergana Cup. Kamola Umarova chorak finalga chiqdi
Farg'ona shahridagi “Istiqlol” tennis kortlarida o'smirlar o'rtasidagi Fergana Cup turniri davom etmoqda.
O'smir qizlar o'rtasidagi musobaqaning chorak finaliga yagona tennischimiz yo'llanma oldi. Asosiy to'r bahslarida 17 nafar tennischimiz o'z ishtirokini boshlagan edi.
Musobaqada birinchi raqam ostida tasniflangan Kamola Umarova ikkinchi davra uchrashuvida rossiyalik Polina Krupchenkoga qarshi kortga chiqib, 6:2, 6:1 hisobida zafar quchdi. Bugun u chorak finalda turnirning beshinchi raketkasi rossiyalik Anastasiya Abramyanga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar