13 avg 12:15
Yangiliklar
Tennis
Fergana Cup. Kamola Umarova ham yarim finalda to'xtatildi
Farg'ona shahridagi “Istiqlol” tennis kortlarida o'smirlar o'rtasidagi Fergana Cup turniri yakuniga etib boryapti.
O'smir qizlar o'rtasidagi musobaqaning asosiy to'r bahslarida 17 nafar tennischimiz o'z ishtirokini boshlagan bo'lsa, ulardan faqat bir nafari yarim finalga etib keldi.
Musobaqada birinchi raqam ostida tasniflangan Kamola Umarova yarim final uchrashuvida turnirning uchinchi raqamli ishtirokchisi, rossiyalik Valeriya Deminovaga 6:2, 4:6, 6:7(5) hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. SHuningdek, u juftliklar musobaqasining finalida ham mag'lubiyatga uchradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar