12 avg 13:25
Yangiliklar
Tennis
Fergana Cup. Kamola Umarova ham yarim finalga chiqdi
Farg'ona shahridagi “Istiqlol” tennis kortlarida o'smirlar o'rtasidagi Fergana Cup turniri davom etmoqda.
O'smir qizlar o'rtasidagi musobaqaning asosiy to'r bahslarida 17 nafar tennischimiz o'z ishtirokini boshlagan bo'lsa, ulardan faqat bir nafari chorak finalga etib kelgan edi.
Musobaqada birinchi raqam ostida tasniflangan Kamola Umarova chorak final uchrashuvida turnirning beshinchi raketkasi rossiyalik Anastasiya Abramyanni ikki setda ham bir xil 7:5 hisobida mag'lub etdi. Endi u bugun final chiptasi uchun turnirning uchinchi raqamli ishtirokchisi, rossiyalik Valeriya Deminovaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar