08 okt 16:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Fergyuson bugungi g'alabasidan $500 000 ishlab oldi
Aralash qoidalar bo'yicha engil vazn toifasida UFC vaqtinchalik chempionlik kamarini qo'lga kiritgan Toni Fergyuson bugungi g'alabasidan yaxshigina gonorar ishlab oldi.
UFC 216 turnirida Kevin Lini mag'lubiyatga uchratgan Fergyuson mukofot puli tariqasida yarim million dollarni qo'lga kiritdi. Nevada shtati komissiyasi har ikki jangchi uchun 250 000 dollardan kafolatlangan cheklarni tayyorlab qo'ygandi.
Toni g'alabasi uchun yana qo'shimcha 250 000 dollarga ega bo'ldi. Agar Li g'alaba qozonganida qo'shimcha 50 000 dollarni qo'lga kiritardi. Mag'lubiyatga uchragan bo'lsa ham u o'z hamyonini chorak millionga boyitib oldi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar