21 iyu 12:23
Yangiliklar
Futbol

Fernando Torres faoliyatini yakunladi
Ispaniyalik futbolchi Fernando Torres 35 yoshida faoliyatini yakunlashi haqida elon qildi.
"Menda elon qilishim kerak bo'lgan muhim yangilik bor. 18 yillik ajoyib kareramdan so'ng futbolchilik faoliyatimni yakunladim. Keyingi yakshanba, 23 iyun kuni Yaponiya vaqti bilan soat 10:00da Tokioda matbuot anjumani bo'ladi. O'sha erda ko'rishguncha", - deb yozgan Torres o'zining "Twitter" sahifasida.
Futbolchi o'z vaqtida "Atletiko", "Liverpul", "CHelsi", "Milan" va "Sagan Tosu" klublarida to'p surdi.
Ispaniyalik forvard faoliyati davomida klublar miqyosida 706 ta o'yinda maydonga tushib 252 ta gol urishga erishdi. Torres terma jamoa tarkibida esa 110 ta o'yinda harakat qilib, 38ta golni o'z hisobiga yozdirib qo'ya oldi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar