14 dek 07:01
Yangiliklar
"Ferrari" ning so'nggi chempioni "Formula-1"dagi faoliyatini yakunladi
Raykkonen mavumning co'nggi "Formula-1" poygasi - Abu-Dabi Gran-prisidan so'ng faoliyatini yakunlaganini malum qildi.
Raykkonen "Ferrari" bilan 2007 yilgi jahon chempionatida g'alaba qozongan. Uning chempionligi hozircha "Skuderiya" uchun oxirgisi bo'lib qolmoqda. Kimmi faoliyati davomida ikki marta vice-chempion bo'ldi va uch marta chempionatni uchinchi o'rinda yakunladi.
Kimi 2001 yil "F-1"da debyut qilgan. U chempionat tarixidagi eng tajribali poygachi hisoblanadi, Abu-Dabi Gran-prisi uning 350-poygasidir. 42 yoshli pilot "F-1"da 19 mavsum o'tkazdi (Rubens Barrikello va Mixael SHumaxerda ham xuddi shunday ko'rsatkich – bu chempionat rekordi hisoblanadi). Faoliyati davomida u 21 ta poygada g'alaba qozongan, 103 marta shohsupaga ko'tarilgan. Raykkonen «Zauber», «Maklaren», «Ferrari», «Lotus» va «Alfa Romeo» klublari sharafini himoya qilgan.
Kimi Raykkonen Instagram sahifasiga surat joylab, uning ostiga "Xayr Formula-1", - deya izoh qoldirdi.
Fikrlar