11 iyu 07:30
Yangiliklar
Tennis

Fersmold turniriga qura tashlandi, Sabinaning raqibasi malum
Bugun Germaniyaning Fersmold shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari boshlanadi.
Kecha aynan asosiy to'rga qura tashlandi. Sovrin jamg'armasi 60 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Sabina SHaripova ham ishtirok etadi.
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi turnirda ikkinchi raqam ostida harakat qiladi. SHaripova ilk davrada germaniyalik Katerina Gerlaxga qarshi kortga chiqadi. Bu tennischi imtiyozli yo'llanma asosida asosiy to'r bahslariga qo'yilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar