17 sen 08:05
Yangiliklar
Fettel va Stroll 2022 yilgi mavsumda "Aston Martin"da qolishadi
Lens Stroll va Sebastyan Fettel jamoada qolishadi.
Stroll 2019 yildan beri "Aston Martin" vakili hisoblanadi. Fettel esa joriy mavsum kanadalik poygachiga sherik bo'ldi va Ozarbayjon Gran-prisida ikkinchi o'rinni egalladi.
Avvalroq, "Formula-1"ning to'rt karra chempioni mavsum oxirida jamoani tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Uning shartnomasi "1+1" ko'rinishida imzolangan va tomonlar uzaytirish variantini ko'rib chiqishga kelishib olishgan edi.
"O'zgarishlar juda katta, shuning uchun har bir jamoa noldan boshlaydi, bu bizning jamoamiz uchun ajoyib imkoniyat. Men "Aston Martin"ning kuchiga ishonaman, shuning uchun 2022 yilgi mavsum boshlanishini sabrsizlik bilan kutyapman”, - dedi Sebastyan Fettel shartnomani uzaytirish borasida gapirar ekan.
Fikrlar