So’nggi yangiliklar

16:16Абдуқодир Ҳусанов УЕФА Чемпионлар лигасидаги энг тезкор марказий ҳимоячи деб топилди 0 15:41Жастин Гэтжи Трамп билан пулга гольф ўйнамоқчи 0 14:51Жаҳонгир Зокировнинг Zuffa Boxing’даги навбатдаги рақиби маълум бўлди 0 13:58Чарльз Жонсон Рамазон Темировнинг нокаут бўлишини исташини айтди 0 13:17"Манчестер Юнайтед"ни бошқариш учун асосий номзод номи маълум — talkSPORT 0 12:35АҚШ профессионал боксчиларига терма жамоа сафида жанг қилиш имконини берди 0 11:57Нодирбек Абдусатторов 2027 йилда ҳам NAVI сафида қолади 0 11:13Asian Boxing League турнири номаълум муддатга қолдирилди 0 10:24Ўзбекистон кубогининг 1/2 финал сана ва манзиллари маълум 0 10:15Полина Кудерметова дунё рейтинги пешқадамига қарши кортга чиқди 0 09:33UFC 333 турнирининг тўлиқ карди: Волкановски – Евлоев, Ян – Двалишвили, Темиров – Кавана 0 08:48Хргович Дюбуа билан IBF ва WBO камарларини бирлаштирмоқчи 0 08:07Баҳодир Жалолов ўзининг энг яхши боксчилар учлигини санади 0 20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0

16 jan 07:43
Yangiliklar

Formula-1

FIA Abu-Dabi Gran-prisi bo'yicha rasman tekshiruv boshladi

Xalqaro avtomobil federaciyasi (FIA) 2021 yilgi mavsumning yakuniy poygasi bo'lgan Abu-Dabi Gran-prisi voqealari bo'yicha rasmiy tekshiruv boshlangani haqida rasmiy bayonot elon qildi.

FIA Jahon kengashining 2021 yil 15 dekabrdagi yig'ilishida qabul qilingan qarorga muvofiq, FIA mamuriyati Muhammad bin Sulayem boshchiligida yakuniy Abu Dabi Gran-prisi voqealarini batafsil tahlil qilishni boshladi.  

FIA prezidenti barcha Formula-1 jamoalari bilan bir qator masalalarni, shu jumladan, ushbu masalani ham muhokama qiladi. 

19 yanvar kuni bo'lib o'tadigan yig'ilishda xavfsizlik avtomobilidan foydalanish bo'yicha tekshiruv qo'mitaning kun tartibiga kiritiladi. Keyingi qadam bu masalani barcha Formula-1 haydovchilari bilan birgalikda muhokama qilish bo'ladi.

Batafsil tahlil natijalari fevral oyida Formula-1 komissiyasiga taqdim etiladi va bu boradagi yakuniy qaror FIA Jahon kengashining 18 mart kuni Bahraynda bo'lib o'tadigan yig'ilishida elon qilinadi.

Eslatib o'tamiz, 12 dekabr kuni Abu-Dabida Formula-1 navbatdagi mavsumining so'nggi poygasi bo'lib o'tgandi. "Mersedes" vakili Lyuis Xemilton va "Red Bull" piloti Maks Ferstappen bosqich oldidan bir xil ochko jamg'arishgandi. Gollandiyalik poygachi so'nggi aylanada Xemiltondan o'zib ketgan va faoliyatida ilk bor chempionlikni qo'lga kiritgan edi.

"Mersedes" jamoasi ikkita holat yuzasidan o'z noroziligini bildirgan, biroq styuardlar ularni rad etishgan edi. Etirozlardan biri Safety Car rejimidan so'ng qayta start tartibining buzilishi bilan bog'liq.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing