13 dek 11:12
Yangiliklar
FIA bilan hamkorlik yangi darajaga ko'tariladi
Unda ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar O'zbekistonda avtosport infratuzilmasini rivojlantirish, xalqaro tadbirlarni o'tkazish va sportchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish borasidagi istiqbolli tashabbuslarni ko'rib chiqdi.
Uchrashuv davomida mamlakatda yirik sport loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani alohida takidlanib, FIA bilan hamkorlik yurtimizda avtomobil sportining yangi yo'nalishlarini joriy etish hamda mintaqada etakchi markazga aylanish sari muhim qadam ekani qayd etildi.
Tomonlar kelgusida qo'shma loyihalar, malaka oshirish dasturlari va xalqaro turnirlarni tashkil etish bo'yicha rejalarni belgilab olishdi.










Fikrlar