So’nggi yangiliklar

15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0

21 may 08:01
Yangiliklar

Boshqalar

FIBAning olimpiya saralash turnirlari muddatlari belgilandi

Teglar :  BasketbolFIBA
Xalqaro basketbol federaciyasi (FIBA) Xalqaro olimpiya qo'mitasi (XOQ) bilan maslahatlashuvlardan so'ng erkaklar o'rtasida basketbol bo'yicha olimpiya saralash musobaqalarining muddatlarini tasdiqladi.

Ushbu saralash turnirlarini o'tkazish muddatlari koronavirus pandemiyasi sababli o'zgartirilgan edi.

FIBA ushbu to'rtta turnir bo'yicha XOQ bilan maslahatlashuvlarda sportchilarning yuklamasi, milliy terma jamoalarining rejalari va musobaqalari muddatlarini hisobga oldi. XOQ ham ushbu omillarni hamda “Tokio-2020” 2021 yilga ko'chirilishi munosabati bilan yuzaga kelgan favqulodda holatni hisobga olgan holda FIBAning olimpiya saralash turniri muddatlarini tasdiqladi.

FIBA prezidenti Xamane Niang va Bosh kotibi Andreas Zagklis XOQ prezidenti Tomas Bax va XOQ Ijroiya kengashiga buning uchun o'z minnatdorchiliklarini bildirdi. FIBAning to'rt saralash turniri Kanada, Xorvatiya, Litva va Serbiyada 2021 yilning 29 iyunidan 4 iyuligacha bo'lib o'tadi. Ushbu turnirning har birida oltitadan, jami 24 ta milliy terma jamoa ishtirok etadi. Hozirgacha Xalqaro basketbol federaciyasining 2019 yilgi jahon chempionati natijalari bo'yicha olti milliy jamoa hamda Tokio-2020 mezboni Yaponiya 2021 yilgi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan.

FIBA olimpiya saralash musobaqalariga qura tashlash Xalqaro basketbol federaciyasining Patrik Bauman nomidagi basketbol saroyida 2019 yilning noyabr oyi oxirida bo'lib o'tgan edi. Olimpiya saralash musobaqalari g'oliblari 2021 yil 23 iyulidan 8 avgustgacha Tokioda bo'lib o'tadigan Yozgi olimpiya o'yinlarida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing