02 dek 10:33
Yangiliklar
FIDE dekabr oyi reytingini elon qildi. Top-10`da 1, Top-100`da 5 nafar shaxmatchimiz!
Yangilangan reytingda dunyo shaxmatchilarining Top-100`tagidan 5 nafar grossmeysterimiz joy olgan. Birinchi raqamli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov (2777) 6-o'rinni egallab turibdi. Norvegiyalik Magnus Karlsen (2831) reyting peshqadamligini saqlab qoldi. Amerikaliklar Fabiano Karuana (2805) va Hikaru Nakamura (2802) kuchli uchlikni yakunlab berishgan. Hindistonlik grossmeysterlar Arjun Ergaisi (2801) va Dommaradju Gukesh Nodirbek Abdusattorovdan oldinga o'rinlarga joylashishgan.
Top-100`talik reytingga jami 5 nafar grossmeysterimiz kiritilgan. Jahon chempioni Rustam Qosimjonov (2685) 43, Prezident Cup 2024 turnirida ikkinchi o'rinni egallagan Javohir Sindarov (2682) 46, SHamsiddin Vohidov (2681) 47, Nodirbek Yakubboev (2668) esa roppa-rosa 60-pog'onadan joy olgan.
Yangilangan FIDE reytingi (Top-10), 1 dekabr holati:
1. Magnus Karlsen (Norvegiya, 2831)
2. Fabiano Karuana (AQSH, 2805)
3. Hikaru Nakamura (AQSH, 2802)
4. Arjun Erigaisi (Hindiston, 2801)
5. Dommaradju Gukesh (Hindiston, 2783)
6. Nodirbek ABDUSATTOROV (O'zbekiston, 2777)
7. Alireza Firuzja (Franciya, 2763)
8. Yan Nepomnyashiy (Rossiya, 2755)
9. Yi Vey (Xitoy, 2753)
10. Vishvanatan Anand (Xindiston, 2750)
Fikrlar