01 jan 07:31
Yangiliklar
SHaxmat
FIDE Jahon chempionatidan qaytgan O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda kutib olindi
25-31 dekabr kunlari Qatarning Doha shahrida bo'lib o'tgan shaxmat bo'yicha Rapid va Blic yo'nalishlaridagi FIDE Jahon chempionatida munosib ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi azolari Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi.
Jahon chempionati doirasida blic bahslarida grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov final uchrashuvida jahon reytingi etakchisi, norvegiyalik afsonaviy shaxmatchi, bir necha karra jahon chempioni Magnus Karlsenga qarshi bahs olib borib, kumush medalni qo'lga kiritdi.
Sportchilarimizni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O'zbekiston shaxmat federaciyasi mutasaddilari, shaxmatchilarning oila azolari iliq qarshi olib, erishilgan yutuqlar bilan tabriklashdi.






Havola :
Fikrlar