14 iyu 13:49
Yangiliklar
SHaxmat
FIDE Jahon Kubogi formatida o'zgarishlar bo'ldi
Xalqaro shaxmat federaciyasi 2027 yildan boshlab Jahon Kubogi va Ayollar o'rtasidagi Jahon Kubogi formatini o'zgartirmoqda.
Turnir 19 kun davom etadi va ikki bosqichda o'tkaziladi:
1-bosqich: SHveycarcha saralash (5 kun). Bahslar Tezkor klassik (45+30) vaqt nazoratida o'tadi.
Open guruhi: Ishtirokchilar 4 ta guruhga bo'linadi. Har bir guruhdan eng kuchli 4 nafar o'yinchi pley-offga chiqadi (jami 16 nafar).
Ayollar: Ishtirokchilar 2 ta guruhga bo'linadi. Har biridan eng kuchli 8 nafar o'yinchi keyingi bosqichga chiqadi (jami 16 nafar).
2-bosqich: Nokaut finallari Saralangan 16 nafar shaxmatchi ananaviy pley-off (nokaut) tizimida kurashadi. Nimchorak finaldan boshlab barcha o'yinlar klassik vaqt nazorati ostida o'tkaziladi.

Havola :
Manba : uzchess
Fikrlar