So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

21 iyu 08:06
Yangiliklar

SHaxmat

FIDE Jahon Kubogi. Nodirbek 6-raqamli ishtirokchini mag'lub etib, 1/16 finalga yo'l oldi FOTOREPORTAJ

SHu kunlarda Rossiya Federaciyasining Sochi shahri shaxmat bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasidagi FIDE Jahon Kubogiga mezbonlik qilmoqda.

Musobaqaning umumiy mukofot jamg'armasi 1 892 500 dollarni tashkil qiladi. G'olib yakunda 110 000 dollarga ega bo'ladi. Kecha Jahon Kubogining 1/32 final bosqichidan o'rin olgan tay-brek partiyalar o'tkazildi. Unda yosh grossmeysterlarimiz Jahongir Vohidov va Nodirbek Abdusattorov nomdor, reytingda o'zlaridan ancha yuqorida turgan grossmeysterlarga qarshi dona surishdi. 

Quvonarlisi, Nodirbek Abdusattorov (2634) turnir favoritlaridan biri, musobaqada oltinchi raqam ostida tasniflangan franciyalik taniqli grossmeyster Anish Giri (2776) ustidan tay-brekda 3:1 hisobida g'alaba qozonib, 1/16 final bosqichiga yo'llanma oldi. Ushbu natija shaxmat olamida "sensaciya" sifatida qabul qilindi. SHaxmatchilar dastlabki ikki partiyada durang o'ynashgan edi. 

Afsuski, Jahongir Vohidov 1/16 final chiptasi uchun kechgan tay-brekda rossiyalik Pavel Ponkratovga yutqazib qo'ydi. Asosiy ikki partiyada tomonlar bittadan g'alabaga erishishgandi. Endi ikki yosh grossmeysterimiz jahon toji uchun kurashni davom ettiradi. 

Eslatib o'tamiz, Javohir Sindarov 1/32 finalning asosiy partiyasida perulik Xorxe Koridan 1,5:0,5 hisobida ustun kelgandi. Uning 1/8 final chiptasi uchun kechadigan uchrashuvlardagi raqibi polshalik xalqaro grossmeyster Piorun Kasper bo'ladi. 17 yoshli Abdusattorov esa ozarbayjonlik 29 yashar grossmeyster Vasif Durarbayliga qarshi dona suradi.

FOTO: www.flickr.com

Reyting: +2   

Fikrlar

   
21 iyu 21:08:05
NODIR_BEK
Гап йук йигитлар. Олтин тож б.н кайтинглар Иншооллох
   
21 iyu 09:42:01
Odilbek Xakimov
Bizni grossmeysterlsr kuchli barakalla otangga raxmat
   
21 iyu 09:25:22
Otabek906
Omadinglarni bersin
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing