14 iyu 08:05
Yangiliklar
FIDE Jahon Kubogi. Qizlarimiz ilk bosqichdayoq yurishlarini to'xtatishdi
Afsuski, qizlarimiz umumiy mukofot jamg'armasi 676 250 dollarni tashkil etuvchi hamda dunyoning 103 nafar kuchli shaxmatchilari dona surayotgan musobaqaning 1/64 final bosqichidayoq ikki partiya yakuniga ko'ra mag'lubiyatga uchrab, Jahon Kubogidagi ishtiroklarini muddatidan ancha avval yakunlashdi.
Nilufar Yoqubboeva hamda Umida Omonova birinchi davraning ilk bahsida raqibalari bilan durangga erishishgandi. Ikkinchi partiyada Yoqubboeva perulik Deysi Kori Telioga, Omonova esa o'zidan reytingi ancha yuqori bo'lgan Mo'g'uliston terma jamoasi azosi Batxi Mongontuulga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
O'zbekiston ayollar shaxmatidagi "mojaro" o'z "mevasi"ni berib ulgurdi. O'shanda hukumat rasmiylari ishtirokida yig'ilish o'tkazilib, hatto AQSH sharafini himoya qila boshlagan grossmeysterimiz Gulruhbegim Tohirjonova ham ortga qaytarilishi aytilgandi.
Fikrlar