So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

14 iyu 09:29
Yangiliklar

SHaxmat

FIDE Jahon kubogi. SHamsiddin Sergey Karyakinga qarshi dona suradi (shaxmatchilarimizning 1/64 finaldagi raqiblari)

SHu kunlarda dunyo shaxmat jamoatchiligining diqqat-etibori Rossiya Federaciyasining Sochi shahrida o'tkazilayotgan erkaklar va ayollar o'rtasidagi FIDE Jahon Kubogiga qaratilgan.

Dunyoning eng kuchli shaxmatchisi Magnus Karlsen ham ishtirok etayotgan musobaqaning umumiy mukofot jamg'armasi 1 892 500 dollarni tashkil qiladi. G'olib yakunda 110 000 dollarga ega bo'ladi. Birinchi bosqich - 1/128 finalda 156 nafar ishtirokchi bahslarga kirishdi. Ikkinchi bosqich - 1/64 finaldan esa reytingi yuqori bo'lgan 50 grossmeyster kurashga qo'shiladi. 

Xabar berganimizdek, Jahongir Vohidov, SHamsiddin Vohidov, Nodirbek Yoqubboev, Javohir Sindarov va Nodirbek Abdusattorovdan iborat O'zbekiston erkaklar terma jamoasining bari ilk bosqichda (2 partiya) umumiy g'alabaga erishib, 1/64 finalga yo'l olishgandi. 

Etiborga molik jihati, aynan 1/64 final bosqichida o'tgan yili grossmeyster unvonini olgan 19 yoshli shaxmatchimiz SHamsiddin Vohidov dunyo tarixidagi ikkinchi yosh grossmeyter, 2015 yilgi FIDE Jahon Kubogi g'olibi, tezkor shaxmat bo'yicha jahon chempioni (2012 yil), blic bo'yicha jahon chempioni (2016) 2013 va 2019 yillarda jamoaviy jahon chempionatida ikki bor chempionlik tojini kiygan rossiyalik Sergey Karyakinga qarshi dona suradigan bo'ldi. Karyakin to'g'ridan-to'g'ri 1/64 finaldan bahslarga kirishsa, SHamsiddin 1/128 finalda gruziyalik Luka Paychadzeni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi.   

FIDE Jahon Kubogi. 1/64 final bosqichi

Jahongir Vohidov – Lener Perez Dominges (AQSH) 

Javohir Sindarov – Alireza Firuzja (Franciya)

Nodirbek Yoqubboev – David Navara (CHexiya)

Nodirbek Abdusattorov – Aravindx CHitambaram (Hindiston)

SHamsiddin Vohidov – Sergey Karyakin (Rossiya)

Malumot uchun, 1/64 final bosqich bahslari 15-17 iyul kunlari bo'lib o'tadi. Bugun g'olibi aniqlanmay qolgan 1/128 final bosqich juftliklarida qo'shimcha tay-brek o'ynaladi.    

Reyting: +2   

Fikrlar

   
14 iyu 10:18:32
jasurbekuz84
Омад хаммага!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing