So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

16 iyu 10:38
Yangiliklar

SHaxmat

FIDE Jahon Kubogi. SHaxmatchilarimizning 1/64 finaldagi natijalari + FOTO

Rossiya Federaciyasining Sochi shahrida shaxmat bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida FIDE Jahon Kubogi davom etmoqda.

Umumiy mukofot jamg'armasi 1 892 500 dollarni tashkil etgan musobaqada o'zbekistonlik yosh grossmeysterlar yurtimiz sharafini himoya qilishyapti. Jahongir Vohidov, SHamsiddin Vohidov, Nodirbek Yoqubboev, Javohir Sindarov va Nodirbek Abdusattorov ilk bosqichda (2 partiya) umumiy g'alabaga erishib, 1/64 finalga yo'l olishgandi. 

Jahon Kubogining 1/64 final bosqich ilk partiyasida o'tgan yili grossmeyster unvonini olgan 19 yoshli shaxmatchimiz SHamsiddin Vohidovdan tashqari qolgan barcha hamyurtlarimiz kuchli raqiblari bilan durangga erishishdi. SHamsiddin dunyo tarixidagi ikkinchi yosh grossmeyter, 2015 yilgi FIDE Jahon Kubogi g'olibi, tezkor shaxmat bo'yicha jahon chempioni (2012 yil), blic bo'yicha jahon chempioni (2016) 2013 va 2019 yillarda jamoaviy jahon chempionatida ikki bor chempionlik tojini kiygan rossiyalik Sergey Karyakinga qarshi qora donalarda o'ynab yutqazib qo'ydi. 

FIDE Jahon Kubogi. 1/64 final bosqichi. Birinchi partiya

Jahongir Vohidov – Lener Perez Dominges (AQSH) – 0,5:0,5

Javohir Sindarov – Alireza Firuzja (Franciya) – 0,5:0,5

Nodirbek Yoqubboev – David Navara (CHexiya) – 0,5:0,5

Nodirbek Abdusattorov – Aravindx CHitambaram (Hindiston) – 0,5:0,5

SHamsiddin Vohidov – Sergey Karyakin (Rossiya) – 0:1

Bugun 1/64 final bosqichining ikkinchi prartiyalari bahslari bo'lib o'tadi. Ikki partiya natijasiga ko'ra durang bo'lib qolgan taqdirda qo'shimcha tay-brek o'ynaladi.    

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing