So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

14 iyu 07:44
Yangiliklar

SHaxmat

FIDE Jahon kubogi. Yigitlarimiz to'liq tarkibda 1/64 finalga chiqishdi

Rossiya Federaciyasining Sochi shahrida shaxmat bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida FIDE Jahon Kubogi davom etmoqda.

Dunyoning eng kuchli shaxmatchisi Magnus Karlsen ham ishtirok etayotgan musobaqaning umumiy mukofot jamg'armasi 1 892 500 dollarni tashkil qiladi. G'olib yakunda 110 000 dollarga ega bo'ladi. Birinchi bosqich - 1/128 finalda 156 nafar ishtirokchi bahslarga kirishdi. Ikkinchi bosqich - 1/64 finaldan esa reytingi yuqori bo'lgan 50 grossmeyster kurashga qo'shiladi. 

Quvonarlisi, Jahongir Vohidov, SHamsiddin Vohidov, Nodirbek Yoqubboev, Javohir Sindarov va Nodirbek Abdusattorovdan iborat O'zbekiston erkaklar terma jamoasining bari ilk bosqichda (2 partiya) umumiy g'alabaga erishib, 1/64 finalga yo'l olishdi. 

Dunyo tarixidagi ikkinchi yosh grossmeyter maqomini olgan Nodirbek Abdusattorov indoneziyalik raqibi Muhammad Ervan Sochiga kelmagani bois, kurashsiz ikkinchi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdi. O'smirlar o'rtasida jahon chempioni Javohir Sindarov AQSH vakili Tang Endryuni 1,5:0,5, Jahongir Vohidov gruziyalik Levan Pantsulayani 1,5:0,5, Nodirbek Yoqubboev kanadalik Razvan Preotuni 1,5:0,5, SHamsiddin Vohidov gruziyalik Luka Paychadzeni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.   

Musobaqa reglamentiga ko'ra, shaxmatchilar har bir bosqichda ikkitadan uchrashuv o'tkazishadi. Durang bo'lib qolgan taqdirda qo'shimcha uchinchi partiya -tay-brekka murojaat qilinadi. Unda ham tomonlar murosaga kelishsa, u holda vaqt chegarasiga asoslangan tezkor shaxmatda g'olib aniqlanadi.   

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing