21 noy 08:46
Yangiliklar
FIDE Jamoaviy jahon chempionatining 1/4 finaliga chiqdik
“World Women’s Team Championship 2025” musobaqasida 12 davlat terma jamoalari ishtirok etmoqda. O'zbekiston ayollar terma jamoasi “V” guruhida Gruziya, Xitoy, Hindiston, Franciya va Ukraina jamoalariga qarshi bahs olib bordi.
Gruziya, Xitoy, Hindiston terma jamoalariga imkoniyatni boy bergan shaxmatchi qizlarimiz Franciya va Ukrainadan ustun kelishdi. O'tkazilgan 5 tur yakuniga ko'ra jamoamiz guruhda 4-o'rinni egallab, nokaut bosqichiga yo'llanma oldi.

Reglamentga ko'ra, har ikki guruhda kuchli to'rtlikdan joy olgan terma jamoalar 1/4 finalga yo'l oldi.
“B” guruhi yakuniy natijalari:
1-o'rin – Gruziya (8 ochko)
2-o'rin – Xitoy (7 ochko)
3-o'rin – Hindiston (6 ochko)
4-o'rin – O'zbekiston (4 ochko)
5-o'rin – Franciya (3 ochko)
6-o'rin – Ukraina (2 ochko)

Bugun bizning vaqt bilan soat 17:30 da boshlanadigan chorak finalda O'zbekiston ayollar terma jamoasi FIDE jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
O'zbekiston ayollar terma jamoasi tarkibi:
Gulruhbegim Tohirjonova 2369
Umida Omonova 2289
Guldona Karimova 2286
Madinabonu Xalilova 2228
Nafisa Mo'minova, terma jamoa menejeri, jamoa rahbari.

Fikrlar