25 dek 13:37
Yangiliklar
SHaxmat
FIDE joriy yilgi rapid va blic bo'yicha Jahon chempionati ishtirokchilari ro'yxatini elon qildi, terma jamoamiz tarkibi ham malum
25–30 dekabr kunlari Qatarning Doha shahrida shaxmatning rapid va blic yo'nalishlari bo'yicha kattalar o'rtasida dunyo birinchiligi bo'lib o'tadi.
Musobaqaning umumiy sovrin jamg'armasi 1 million evrodan ortiq. Mazkur nufuzli turnirda dunyoning 393 nafar etakchi shaxmatchilari ishtirok etadi. O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatida 14 nafar etakchi shaxmatchi bilan qatnashadi.
Turnirda ishtirok etuvchi O'zbekiston terma jamoasi tarkibi quyidagicha:
Open bo'limi:
Nodirbek Abdusattorov
Javohir Sindarov
Nodirbek Yakubboev
SHamsiddin Vohidov
Jahongir Vohidov
Muhiddin Madaminov
Muhammadzohid Suyarov
Humoyun Begmuratov
Ayollar bo'limi:
Afro'za Hamdamova
Umida Omonova
Gulruhbegim Tohirjonova
Nilufar Yakubbaeva
Madinabonu Xalilova
Guldona Karimova.
Havola :
Manba : uzchess
Fikrlar