28 avg 15:40
Yangiliklar
Futbol

FIFA hukm chiqardi. "Navbahor" 30 kun ichida 1,6 million dollarni to'lashi kerak
Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev Andrey Kanchelskisning "Navbahor"ga qarshi davosi bo'yicha yangilikni elon qildi.
"FIFA futbolchilar statusi qo'mitasi hakami Yoxan van Galen Andrey Kanchelskisning "Navbahor"ga qarshi ishi bo'yicha hukm chiqardi. Afsuski, qaror murabbiy foydasiga bo'lib chiqdi. Qabul qilingan davolarning foizlar bilan umumiy summasi 1,6 million dollardan oshdi.
"Navbahor"da buni to'lash uchun 30 kun bor" - deb yozadi Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar