16 noy 10:43
Yangiliklar

FIFA Klublar o'rtasidagi JCHni ishlaydigan hakamlarni malum qildi, ular orasida biznikilar yo'q!
Bu haqda Alisher Nikimbaev o'zining telegram sahifasida malumot berdi. Ular orasida o'zbekistonlik hakamlar yo'q.
Unga ko'ra, o'yinlarni ushbu hakamlar boshqarishadi:
Osiyodan - bosh hakam: Abdulrahmon al-Jassim (Qatar), yordamchi hakamlar: Tolib al-Marri (Qatar), Saud Ahmad al-Makalex (Qatar). VAR - Fu Ming (Xitoy).
Afrikadan - bosh hakam: Mustafo Gorbal (Jazoir), yordamchi hakamlar: Mahmud Ahmad Abu Elregal (Misr), Mokrane Gurari(Jazoir). VAR - Bakari Gassama (Gambiya)
KONKAKAFdan - bosh hakam: Ismoil Elfat (AQSH), yordamchi hakamlar: Kayl Etkins (AQSH), Korey Parker (AQSH). VAR - Alan Kelli (Irlandiya).
KONMEBOLdan - bosh hakam: Roberto Tobar (CHili), yordamchi hakamlar: Kristian SHiemann (CHili), Ruis Ortis (CHili). VAR - Vega Ostoyich (Urugvay).
UEFAdan - bosh hakam: Ovidiu Xacegan (Ruminiya), yordamchi hakamlar: Oktavian Sovre (Ruminiya), Sebastyan Jorje (Ruminiya). VAR - Xuan Martines (Ispaniya), Benua Millo (Franciya).
Fikrlar