28 noy 18:07
Yangiliklar
Futbol
FIFA Prezidenti Janni Infantino "Lokomotiv"ni chempionlik bilan tabrikladi
FIFA Prezidenti Janni Infantino “Lokomotiv” futbol klubini chempionlik bilan tabriklab O'zbekiston Futbol Federaciyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov nomiga xat yo'lladi.
Xatda Janni Infantino O'zbekiston Futbol Federaciyasi tomonidan mamlakatda
futbolni yuqori bosqichga olib chiqish, milliy futbol saviyasini oshirish
maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar va chora-tadbirlarga yuqori baho
berar ekan, buning uchun butun dunyo futbol jamoatchiligi nomidan o'z
minnatdorchiligini bildirib o'tgan.
SHuningdek, FIFA Prezidenti
“Lokomotiv” futbol klubi ketma-ket ikkinchi marta mana shunday yuksak
natijani qo'lga kiritgani klubning barcha xodimlari mehnati natijasi
ekanligini takidlab o'tib, “Lokomotiv” futbolchilari, murabbiylari, barcha
xodimlari, shuningdek, jamoa ishqibozlariga o'zining ezgu tilaklarini
yo'llagan.
Havola :
Manba : the-uff.com
Fikrlar