09 sen 08:30
Yangiliklar
Futbol

FIFA “Real” va “Atletiko”ga yangi futbolchilarni xarid qilishni taqiqladi
Xalqaro futbol federaciyalari associaciyasi, yani FIFA Madridning ikki klubi “Real” va “Atletiko”ning apelyaciyasini qabul qilmadi.
Gap shundaki, ikkala klub ham yoshiga etmagan futbolchilarning transferini noqonuniy tarzda ro'yxatdan o'tkazgan edi. FIFA Madridning ikki klubiga 2018 yilning yanvariga qadar yangi futbolchilarni xarid qilishni taqiqlab qo'ydi.
Bundan tashqari, “Atletiko” taxminan 800 ming, “Real” esa 330 ming evro miqdorida jarima ham to'laydi. Ushbu jazo qishki transfer bozoridan kuchga kiradi. 2014 yili FIFA xuddi shunday jazoni “Barselona”ga nisbatan qo'llagan edi.
Havola :
Fikrlar