So’nggi yangiliklar

15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0 15:16Президент Шавкат Мирзиёев Осиё ўйинларида ғолиб ва совриндор бўлган спортчиларни табриклади 0 13:01Brisbane-2032 Олимпиадасининг какаду қушидан илҳомланган логотипи расман тақдим этилди (ФОТО) 0 12:02Осиё ўйинлари: Хитой матбуоти ўйиндан сўнг Ўзбекистон терма жамоаси ходими Чжан Юнингни бўғиб олганини таъкидламоқда 0 11:07Алекс Перейранинг кейинги рақиби эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 10:00Осиё ўйинларида бешинчи бўлган Ўзбекистон делегацияси Тошкентда кутиб олинди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0

17 fev 07:35
Yangiliklar

Futbol

FIFA referisi Ravshan Ermatov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Poytaxtimizdagi “Orom” 38-umumtalim maktabida FIFA referisi Ravshan Ermatov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Tadbirda mamlakatimizda yoshlarning yuksak manaviyatli, barkamol avlod bo'lib voyaga etishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilgani alohida takidlandi.

R.Ermatov 2003 yildan buyon FIFA tasnifidagi futbol bo'yicha deyarli barcha nufuzli turnirlarda hakamlik qilmoqda. O'zbek o'g'loni besh marotaba “Osiyoning eng yaxshi hakami”, deb tan olindi.

Xalqaro futbol uyushmalari federaciyasi uni 2011 yilda “Jahonning eng yaxshi hakami” sifatida elon qildi. 2015 yili futbol olamining nufuzli mukofotlaridan biri – “Globe Soccer Awards” sovrinini qo'lga kiritdi.


Ravshan Ermatov 2010 yili Janubiy Afrika Respublikasi va 2014 yili Braziliyada o'tkazilgan futbol bo'yicha jahon chempionatlarida ishtirok etdi. Jahon chempionatlari final bosqichida eng ko'p – 9 uchrashuv boshqarib, dunyo rekordini o'rnatdi.

Ravshan Ermatov O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov farmonlariga muvofiq 2010 yili “O'zbekiston iftixori” faxriy unvoni, 2014 yilda “El-yurt hurmati” ordeni va 2015 yil “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan.

– Xalqaro maydonlarda Vatanimizni sharaflash, uning obro'si yuksalishiga hissa qo'shish – eng oliy baxt, – deydi Ravshan Ermatov. – Nufuzli musobaqalarda hech kimdan kam emasligimiz va kam bo'lmasligimizni isbotlashdek ezgu maqsadimga etishganimdan xursandman.

Uchrashuvda o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing