14 sen 14:40
Yangiliklar

FIFA reytingida O'zbekiston terma jamoasi besh pog'ona pasaydi
Unga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi 511 ochko bilan 69-pog'onaga joylashdi.
Terma
jamoa avvalgi ko'rsatkichga nisbatan 5 o'ringa pastladi va OFKga azo
mamlakatlar orasida 7-o'rinni egalladi. Eron terma jamoasi 865 ochko bilan
Osiyoda peshqadamlik qilmoqda.
Kuchli uchlikdan Yaponiya (737) va
Avstraliya (662) terma jamoalari joy oldi. Quyida OFKga azo
mamlakatlarning TOP-10 ligi bilan tanishish mumkin.
1 (25). Eron – 865 ochko;
2 (40). Yaponiya – 737 ochko;
3 (50). Avstraliya – 662 ochko;
4 (51). Janubiy Koreya – 659 ochko;
5 (53). Saudiya Arabistoni – 641 ochko;
6 (62). Xitoy – 564 ochko;
7 (69). O'zbekiston – 51 ochko;
8 (72). BAA– 480 ochko;
9 (75). Suriya – 465 ochko;
10 (85). Qatar – 406 ochko.
Germaniya
terma jamoasi 1606 ochko bilan FIFA reytingida yana peshqadamlikni qo'lga
oldi. Braziliya 1590 ochko bilan ikkinchi o'ringa pastladi. Kuchli uchlikka
Portugaliya termasi (1386) yakun yasab berdi.
Fikrlar