So’nggi yangiliklar

16:55Нурсултон Рўзибоев Рамзан Қодиров совға қилган қимматбаҳо автомобилни қабул қилиб олди (ФОТО) 0 16:22"Ҳусанов "Ланс"га учаётганида: "Мени Россияга сотишади деб ўйлагандим", – дея тан олган эди" 0 15:56Хорхе Масвидаль: "Холлоуэйнинг ғалабасига уйимни тикаман" 0 15:30Махачев Россиянинг ММА рейтингидаги етакчилигига муносабат билдирди 0 14:58Конор Макгрегор: "Ҳозир фаолиятимнинг энг юқори чўққисидаман, Холлоуэйни нокаут қиламан" 0 14:34Возинья Лионель Месси билан бир жамоада бўлиши мумкин — Marca 0 14:11"Ferrari" ва "Honda Civic". UFC жангчиси Макгрегор — Холлоуэй жанги ҳақида фикр билдирди 0 13:45Хабиб Аргентина терма жамоаси ҳақида: "Улар менга ёқмайди, лекин..." 0 13:20Умар Кремлёв: "ХОҚда бошқа чора қолмаганди" 0 12:52ЖЧ-2026`да яна бир рекорд қайд этилди 0 12:28Шанхайдаги UFC Fight Night 286 турнирининг иккинчи муҳим жанги эълон қилинди 0 11:57Макгрегор UFC 329 жанги учун янги номдаги шортиларни қабул қилиб олди + ФОТО 0 11:30Нурмагомедовнинг Шанхайдаги жанги расман эълон қилинди + ПОСТЕР 0 10:56"Улар Мессининг чиқиб кетишини хоҳлашмаяпти". Миср мураббийи ФИФАни айблади 0 10:29Фазлиддин Ғоибназаров "сотилгани" ҳақида миш-миш тарқалган Ражаб Бутаев билан жангини эслади 0

26 fev 14:00
Yangiliklar

Futbol

FIFA vakili Essam Al-Suhibbaniy O'FA faoliyati bilan yaqindan tanishdi

Teglar :  O'FA
O'zbekiston futbol Associaciyasi tomonidan yurtimizda futbolni yangi bosqichga olib chiqish, futbolni rivojlantirish va ommaviyligini oshirish borasida xorijlik mutaxassislarning tajribasidan unumli foydalanish borasida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshiryapti.

O'zbekiston futbol Associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov FIFA prezidenti Janni Infanting bilan uchrashuv chog'ida malakali mutaxassislarni yurtimizga jalb qilish va ularning maslahatlari asosida ishlarni to'g'ri yo'lga qo'yish borasida kelishuvga erishgani haqida ham avval xabar bergandik.

Ana shu kelishuvga asosan FIFAning Mintaqaviy futbolni rivojlantirish menejeri Essam Al-Suhibbaniy Toshkentga tashrif buyurdi. U FIFAning FORWARD loyihasi bo'yicha taqdimoto'tkazib, ushbu loyiha haqida batafsil malumot berib o'tdi.  SHuningdek, Essam Al-Suhibbaniy O'FAning moliya bo'limi faoliyati bilan yaqindan tanishib, bu borada qilinadigan ishlar bo'yicha o'z maslahatlari bilan o'rtoqlashdi.

SHuningdek, Essam Al-Suhibbaniy O'FAning Texnik bo'limi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. Bo'lim xodimlariga o'zining amaliy maslahatlarini berdi. 

O'z o'rnida O'FAning Moliya boshqarmasi, Texnik bo'limi hamda Professional futbol ligasi tomonidan FIFA vakiliga taqdimot o'tkazilib, amalga oshirilayotgan ishlar bo'yicha malumot berildi. 

Bundan tashqari, Essam Al-Suhibbaniy “Bunyodkor” stadioni va “CHig'atoy” sport bazasiga ham tashrif buyurib, bu erdagi sharoitlar bilan tanishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing