09 sen 17:43
Yangiliklar
Boks/MMA
Filip Xrgovich chempionga aylangan IBF tashkiloti reytingida Bahodir Jalolov yana yuqoriladi
Xalqaro boks federaciyasi (IBF) tashkilot reytingini yangiladi.
Ahamiyatlisi, super og'ir vazn toifasida faoliyat yuritayotgan o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Bahodir Jalolov tashkilot reytingida yana yuqorilashga erishdi.
Big Uzbek sentyabr oyiga mo'ljallangan reytingda to'rtinchi pog'onaga joylashtirilgan. U bundan avval oltinchi o'rinni egallab turgandi.
Ilgariroq, xorvatiyalik Filip Xrgovich Buyuk Britaniya vakili Mozes Itaumaga qarshi bahsda g'alaba qozonib, IBF yo'nalishida Jahon chempioniga aylangandi. Hozirda kubalik Frenk Sanches kamar uchun majburiy davogar hisoblanadi.

Havola :
Manba : ibf-usba-boxing.com
Fikrlar