31 may 12:30
Yangiliklar
Futbol

Filippe Koutino “Barselona”ni tark etishga tayyor
Futbolchi yozgi transferlar vaqtida tushadigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
So'nggi malumotlarga ko'ra, braziliyalik Filippe Koutino “Barselona”ni tark etishga tayyorligi malum bo'ldi. Futbolchi jamoadan ketishni xohlamoqda. Filippe APLga qaytishi mumkin. Unga “Manchester Yunayted” jiddiy qiziqish bildirmoqda. SHuningdek, Koutino PSJda ham paydo bo'lishi mumkin.
Futbolchining Parijga o'tishida Neymar asosiy ahamiyat kasb etishi mumkin. La Liganing 2018/19 yilgi mavsumida Koutino 34 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Havola :
Fikrlar