30 noy 17:27
Yangiliklar
Futbol

Final "Bernabeu"da bo'lmaydi! "Boka" va "River" Madridda o'ynamoqchi emas
Libertadores Kubogi finalchilari "Boka Xuniors" va "River Pleyt" ikkinchi finalni Madridda o'tkazish qaroriga rozi bo'lishmadi.
Bugun, 30 noyabr kuni turnirning ikkinchi finali 9 dekabr kuni Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida o'tishi elon qilingan edi.
"Boka Xuniors" rahbariyati bu qarorga qarshi va "River Pleyt" diskvalifikaciya qilinishini istamoqda. Klub sudga murojaat qilmoqchi va ish yakunlanmaguncha javob o'yinini o'tkazmoqchi emas.
"River" ham o'yin Madridda o'tishiga qarshi va KONMEBOLga rasmiy murojaat yo'lladi.
Havola :
Fikrlar