07 may 12:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Fiziev: "Men COVID'ni engdim, endi navbat senga Rafa"
Qirg'izistonlik aralash yakkakurash ustasi Rafael Fiziev o'zining ijtimoiy tarmoqlarida engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Rafael dos Anosga murojaat qilib, yangi post joylashtirdi.
"Men COVID'ni engdim, endi navbat senga Rafa", — deya yozadi Fiziev.
Eslatib o'tamiz, Fiziev so'nggi jangini UFC Vegas 44 turnirida Bred Riddellni nokaut evaziga mag'lub etgandi. Umumiy hisobda aralash yakkakurashlar bo'yicha Fiziev 12 ta jang o'tkazib, ularning 11 tasida g'alaba qozongan va bittasida mag'lubiyat alamini totib ko'rgan.
Dos Anosga kelsak, u oxirgi marta Renato Moykano ustilan g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar