10 sen 09:57
        Yangiliklar	
	
				
				    Futbol			    
				 
				
			 
				Flik eng yaxshi murabbiy deb topildi
"Barselona" ustozi Xansi Flik avgustda LaLiganing eng yaxshi murabbiyi sovrinini qo'lga kiritdi.
			Nemis mutaxassisi chempionatning dastlabki 4ta uchrashuvining barchasida g'alabaga erishdi (to'plar nisbati 13:3). Kataloniyaliklar "Valensiya" (2:1), "Atletik" (2:1), "Rayo Valekano" (2:1) va "Valyadolid" (7:0) jamoalarini taslim etishdi.
Sovrin uchun Marselino Garsiya Toral ("Vilyarreal") va Luis Garsiyalar ("Alaves") davogarlik qilishgan edi.

            Havola            :         
             
			
Fikrlar