17 mar 13:39
Yangiliklar
Futbol

Flik super kambekdan so'ng nimalar dedi?
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Atletiko"ga qarshi uchrashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Birinchi bo'limda yaxshi o'ynadik, ammo ikkita gol o'tkazib yubordik. SHunga qaramay, yaxshi o'yin ko'rsatishda davom etdik. Biz oxirgacha kurashdik va ko'plab xavfli vaziyatlar yaratdik. Jamoa va muxlislar uchun juda xursandman.
Ferran ajoyib futbolchi. Bugun zaxiradan tushgan barcha futbolchilar o'z ishlarini alo darajada bajarishdi. Har bir futbolchi mashg'ulotlarda maksimal harakat qilyapti. Bu biz uchun juda muhim", — dedi Flik.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" La Liganing 28-turida Madridda "Atletiko"ga qarshi kechgan uchrashuvda 0:2 hisobini yakunda 4:2 ga o'zgartira oldi.
Havola :
Fikrlar