29 okt 18:30
Yangiliklar
Tennis

Folc - Antaliya turniri vice-chempioni!
Istedodli tennischimiz Arina Folc Turkiyaning Antaliya shahri mezbonlik qilgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning juftliklar musobaqasi vice-chempioniga aylandi.
Hamyurtimiz sovrin jamg'armasi 10 000 AQSH dollaridan iborat bo'lgan musobaqaning juftliklar bahsida finalga qadar etib keldi. Lekin hal qiluvchi final uchrashuvining hal qiluvschi tay-brekida mag'lubiyatga uchradi.
Ukrainalik Katerina Slyusar bilan to'rtinchi raqamli juftlikni hosil qilgan vakilamiz uchinchi raqamli juftlik, germaniyalik opa-singil tennischilar – Taisiya va Yana Mordergerlarga 6:3, 6:7(5), tay-brekda 6:10 hisobida yutqazdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar