15 sen 07:30
Yangiliklar

Fomin Qohirada o'zidan 600 pog'ona yuqoridagi raqibga qarshi 2,5 soatlik uchrashuv o'tkazdi
Egypt Men's Futures musobaqasining sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Ushbu turnirda istedodli tennischimiz Sergey Fomin ham ishtirok etayotgandi.
Fomin ikkinchi davra uchrashuvida Tomas Breshemega qarshi kortga chiqdi. Franciyalik raketka ustasi dunyo reytingida Sergeydan deyarli 600 pog'ona yuqorida joylashgandi. SHunga qaramay, bahs ancha murosiz kechdi.
Roppa-rosa 2 soatu 30 daqiqa davom etgan uchrashuvda tajriba baribir o'z so'zini aytdi. Franciyalik tennischi 6:4, 4:6, 6:3 hisobida g'alaba qozonib, chorak finalga yo'l oldi.
Eslatib o'tamiz, 16 yoshli Sergey Fomin 1 soatu 5 daqiqa davom etgan ilk bosqich uchrashuvida chexiyalik Alessandro Richchini ikki setda ham bir xil 6:2 hisobida mag'lub etgan edi.
Fikrlar