20 jan 09:17
Yangiliklar
Tennis
Fominning Australian Open asosiy to'ridagi ilk raqibi malum
Istedodli tennischimiz Sergey Fomin Avstraliya Ochiq chempionatining 18 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasidagi musobaqasida asosiy to'r yo'llanmasini qo'lga kiritgandi.
Fomin saralashning ilk bosqichida yaponiyalik Keysuke Saitoni 6:4, 4:6, 3:6, final raundida esa Janubiy Koreya vakili Xan Seon Yongni 6:1, 3:6, 6:3 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.
Ayni paytda dunyo reytingida 999-o'rinni egallab turgan
16 yoshli tennischimiz bugun Avstraliya Ochiq chempionatining asosiy to'r ilk davra
uchrashuvida kortga chiqadi.
Uning birozdan so'ng boshlanadigan uchrashuvdagi raqibi argentinalik Tiago Augustin Tirante bo'ladi. Tirante ATP reytingida 1683-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar