06 dek 09:10
Yangiliklar
Formula-1
Formula-1. 10 yillik tanaffusdan so'ng Franciyaga Gran-pri qaytadi
2018-yilgi mavsumdan Franciyada yana katta Qirollik poygalari, yani “Formula-1” musobaqasi o'tkaziladi.
Kecha shu munosabat bilan Parij shahridagi Avtomobil klubi shtab-kvartirasida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Franciya Gran-prisi 2018-yilgi “Formula-1” musobaqalari mavsum taqvimiga rasman kiritilgani elon qilindi.
SHu tariqa, 10 yillik tanaffusdan so'ng Franciyaga katta sport musobqasi yana qaytadi. Franciya Gran-prisi “Pol-Rikar” trassasida o'tkaziladi. Xalqaro avtomobil federaciyasi bilan yangi kelishuv 5 yilga imzolanadi va mintaqaga 65 million evro foyda keltiradi.
Eslatib o'tamiz, Franciya Gran-prisi so'nggi bor 2008 yili “Mani-Kur” trassasida o'tkazilgan edi. Mazkur poyga bahslari 1971-1990 yillar oralig'ida “Pol-Rikar” avtodromida tashkil etilgan.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar