14 noy 10:37
Yangiliklar
Formula-1
Formula 1. Braziliya Gran-prisida g'olib aniqlandi
San-Paulu shahridagi "Interlagos" avtodromida Braziliya Gran-prisi bo'lib o'tdi.
Unda "Mersedes" jamoasi piloti Jorj Rassell eng yaxshi natija bilan Braziliya Gran-prisi g'olibiga aylandi. Qizig'i, Rassel faoliyatidagi ilk chempionlikni aynan San-Pauluda qo'lga kiritdi. Uning jamoasi Lyuis Xemilton esa ikkinchi o'rinni egalladi. Kuchli uchlikka "Ferrari" jamoasi azosi Karlos Sayns yakun yasab berdi.
Etti karra Formula 1 chempioni Lyuis Xemilton ikkinchi o'rin bilan birga kunning eng yaxshi poygachisi deb ham topildi. Endi bir haftadan so'ng mavsumning final poygasi - Abu-Dabi Gran-prisi bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar