18 apr 09:11
Yangiliklar
Formula-1
Formula-1 Evropa bosqichlari muxlislarsiz o'tkaziladi
Formula-1 chempionatining Evropa qitasidagi Gran-pri turnirilari katta ehtimol bilan muxlislarsiz o'tkaziladi.
Xabarda takidlanishicha, Buyuk Britaniya Gran-prisi avvaldan taqvimda belgilanganidek o'z vaqtida bo'lib o'tadi. Britaniya Gran-prisining asosiy kun poygasi 19 iyul kuniga belgilangan.
"Maklaren" jamoasi ijrochi direktori Zak Braun o'z intervyusida Formula-1 chempionatining barcha Evropa bosqichlari bo'sh tribunalar qarshisida o'tkazilishini aytgan.
Eslatib o'tamiz, koronavirus pandemiyasi sabab Formula-1 mavsumining starti bekor qilingan edi. Tashkilotchilar Niderlandiya, Ispaniya va Monako Gran-prilarini nomalum muddatga qoldirishgandi.
Havola :
Fikrlar