10 dek 10:55
Yangiliklar

Formula-1. Lando Norris – Abu-Dabi Gran-prisi g'olibi!
Unda "McLaren" piloti Lando Norris g'alabaga erishdi. 25 yoshli britaniyalik poul-poziciyadan boshladi va bu yil to'rtinchi marta birinchi o'rinni egalladi. Ikkinchi va uchinchi pog'onalarni mos ravishda "Ferrari" poygachilari Karlos Sayns (+5,832 soniya) va SHarl Lekler (+31,928) egalladi.
Ushbu mavsum "Red Bull" vakili Maks Ferstappen Formula-1 chempioniga aylandi. U Las-Vegas bosqichidayoq chempionlikni kafolatladi. 27 yoshli niderlandiyalik Abu-Dabi Gran-prisida oltinchi natijani ko'rsatdi.
Norris 2024 yilgi Formula-1 mavsumi vice-chempioni hisoblanadi. Lekler pilotlarning shaxsiy reytingida uchinchi o'rinni egallab turibdi. "McLaren" (666 ochko) Norrisning Abu-Dabi bosqichidagi g'alabasi evaziga Konstruktorlar Kubogida "Ferrari"dan (652) o'zib ketdi.
Abu-Dabi. Jahon chempionati
24-bosqich. Abu-Dabi Gran-prisi
Top-10 talik:
1. Lando Norris ("McLaren")
2. Karlos Sayns ("Ferrari")
3. SHarl Lekler ("Ferrari")
4. Lyuis Xemilton ("Mercedes")
5. Jorj Rassell ("Mercedes")
6. Maks Ferstappen ("Red Bull")
7. Per Gasli ("Alpine")
8. Niko Xyulkenberg ("Haas")
9. Fernando Alonso ("Aston Martin")
10. Oskar Piastri ("McLaren").
Fikrlar