07 iyu 12:35
Yangiliklar

Formula-1. Lando Norris – Buyuk Britaniya Gran-prisi g'olibi!
Unda "McLaren" poygachisi Lando Norris g'olib chiqdi. Ikkinchi o'rinni uning jamoadoshi Oskar Piastri egalladi. Uchinchi pog'ona "Sauber" piloti Niko Xyulkenbergga nasib etdi. 37 yoshli germaniyalik poygachi faoliyatida ilk bor Formula-1 podiumiga ko'tarildi. Oxirgi Gran-pri uning faoliyatidagi 239-si bo'ldi.
Nortgemptonshir. Jahon chempionati
12-bosqich. Buyuk Britaniya Gran-prisi
Top-15 talik:
1. Lando Norris ("McLaren")
2. Oskar Piastri ("McLaren")
3. Niko Xyulkenberg ("Sauber")
4. Lyuis Xemilton ("Ferrari")
5. Maks Ferstappen ("Red Bull")
6. Per Gasli ("Alpine")
7. Lans Stroll ("Aston Martin")
8. Aleksandr Albon ("Williams")
9. Fernando Alonso ("Aston Martin")
10. Jorj Rassell ("Mercedes")
11. Oliver Berman ("Haas")
12. Karlos Sayns ("Williams")
13. Esteban Okon ("Haas")
14. SHarl Lekler ("Ferrari")
15. Yuki Cunoda ("Red Bull").
Poygani tugata olmaganlar: Andrea Kimi Antonelli ("Mercedes"), Isak Xajar ("Racing Bulls"), Gabriel Bortoleto ("Sauber"), Liam Louson ("Racing Bulls"), Franko Kolapinto ("Alpine").
Fikrlar